Rossiyada ishsiz qolgan migrantlarning oilalariga ovqat yetkazib berilyapti (foto)

Koronavirus pandemiyasi sharoitida Rossiya Federatsiyasida qiyin vaziyatda qolgan mehnat migrantlariga yordam berish maqsadida yangi xayriya loyihasi ish boshladi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi rossiyalik ishbilarmon va xayriyachilar David Yakobashvili va Yan Yanovskiylar bilan hamkorlikda #PomoshEST! xeshtegi ostida migrantlarga issiq oziq tarqatmoqda.

Реклама на Unews

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norovning xabar berishicha, loyiha ishtirokchilari MDH mamlakatlaridan ishsiz qolgan migrantlarning oilalari joylashgan bir nechta punktlarga har kuni tayyor ovqatlarni yetkazib bermoqda.

Foto: Tass

Реклама на Unews

Biz kuniga 250 kishi uchun taom tarqatishdan boshlaymiz, keyin 500 kishi, ehtimol ming kishiga yetadi. Hamkasblarimiz buyurtma tayyorlaydi va biz logistika va moliyaviy masalalarni tashkil qilishga harakat qilamiz. Agar biz ko‘plab oilalarga yordam bera olsak, bu biz uchun baxt, – deydi David Yakobashvili.

Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak

Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring