Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Yuqorida ta'kidlanganidek, Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi bayoniga ko’ra hududlar uchta "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga bo’lindi,  deb yozmoqda  "everyday.uz" nashri.

Bunda, "qizil" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar ekani, "sariq" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo’lgan hududlar va "yashil" toifadagi hudud — koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan (yoki aniqlangan shaxslar to’liq sog‘aygan) hududlar ekani belgilab qo’yildi.

Poytaxt Toshkent "sariq" toifadagi hududga kiritildi. Unga ko’ra shaharda shu yil 8 maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

oziq-ovqat savdo do’konlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo do’konlari, qurilish materiallari bozorlari, tikuvchilik va bichuvchilik sexlari, tijorat banklarining ob'yektlardagi shahobchalari (kassalari), kimyoviy tozalash, notarial idoralar, advokatura va sug‘urta tashkilotlari, poyabzal ta'mirlash ustaxonalari, chorvachilik, terini qayta ishlash korxonalari, tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari (etkazib berish va olib ketish uchun), tibbiyot muassasalari faoliyati;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yig‘ish, joylarga yetkazish va sotish, urug‘ va ko’chat yetishtirish hamda ularni sotish, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do’kon) sotish;

ob'yektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, yakka tartibdagi qurilish va ta'mirlash ishlari, yetkazib berish xizmati;

ko’p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilish;

nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do’konlari, zargarlik va gul sotish do’konlari, sartaroshxona va go’zallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;

avtomashinalar yuvish shahobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo’jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;

hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta'mirlash ustaxonalari faoliyati;

yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanishga ham ruxsat beriladi.

SHuningdek, poytaxtda avtomobillardan stikersiz soat 07.00 dan 10.00 gacha va 17.00 dan 20.00 gacha foydalanishga ruxsat berildi.

«Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi

Navoiyda dahshatli avariya yuz berdi (foto)

Реклама на Unews

2022 yil 1 yanvarga qadar ayrim xomashyolar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий