«Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Chorshanba kuni Xitoyning Gonkong ishlari bo‘yicha departamenti Gonkongdagi namoyishchilarni tanqid qildi va ularni «siyosiy virus» deb atadi. Departamentning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilardan tozalanmaguncha bu yer hech qachon tinch bo‘lmaydideb yozmoqda  "Aniq.uz" nashri.

Gonkong ishlari bo‘yicha departament o‘z bayonotida namoyishchilarni Gonkong mustaqilligini xohlovchi zo‘ravon odamlar deb ta’riflagan. Pekin «bu aqldan ozgan namoyishchilarning harakatiga» jim qarab o‘tirmaydi, Xitoy hukumatining eng katta burchi mamlakatda tartibni saqlash va milliy xavfsizlikni himoya qilish ekanligi ta’kidlandi.

Bir necha haftalik koronavirus cheklovlaridan so‘ng, Gongkongda namoyishchilar yana paydo bo‘la boshladilar. Ushbu noroziliklar bir yil oldin boshlangan bo‘lib, unga Gongkong hukumatining mahbuslarni Xitoydagi sudga yuborilishi ma’qullangan qonun loyihasini ilgari surgani sabab bo‘lgandi. O‘tgan oyda bu yerdagi eng taniqli demokratiya tarafdorlarining hibsga olinishi noroziliklarga yangi kuch bag‘ishladi.

Реклама на Unews

Gongkongda kelayotgan yakshanba kuni odamlar namoyish qilishni rejalashtirishmoqda. Bu koronavirus boshlangandan beri birinchi katta namoyishga aylanishi mumkin. Odamlar bunga rasman ruxsat berilishini kutishmasada, aksariyat yoshlar mazkur  namoyishlarda qatnashishlarini aytishgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий