Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab uchta (qizil, sariq, yashil) toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi haqida avval xabar qilingandi.Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.
Ushbu bayonga ko’ra, “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda yo’nalishsiz taksilarga yo’lovchi tashishga, sartaroshxona va go’zallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. Ammo ma'lum bir talablar qo’yildi. Bular:

yo’nalishsiz taksilar – yo’lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o’rindig‘i yo’lovchilar o’rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to’silgan bo’lishi, haydovchi va yo’lovchi tibbiy niqobda bo’lishi (tibbiy niqobsiz yo’lovchini tashish taqiqlanadi), yo’lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o’rindig‘iga o’tkazilishi hamda faqat o’z (avtotransport vositasi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim;
sartaroshxona va go’zallik salonlari – xizmat ko’rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni to’liq to’sadigan himoya maskasi va tibbiy qo’lqopdan foydalangan holda “1 ta xizmat ko’rsatuvchi shaxs – 1 ta mijoz” tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi lozim;
savdo majmualari – qat'iy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda savdo majmuasining attraksion, ko’ngilochar, ovqatlanish bo’linmalari, kinoteatr va o’yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.
Avtotransport vositalarining stikersiz, shuningdek, mototransport va velosipedlarning harakatlanishiga “yashil” hududlarda ruxsat beriladi. “Sariq” va “qizil” hududlarda avtotransport vositalari stikersiz har kuni 07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha harakatlanishi mumkin.

O‘z navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ushbu qaror bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini o’rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo’ladi.

Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi

«Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi

Реклама на Unews

Navoiyda dahshatli avariya yuz berdi (foto)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий