XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimi bo`lib o`tdi
1118 19-09-2022 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimida xam an`analarga muvofiq mashhurlar qizil yo`lakdan o`tdilar.
So`ng xorijdan kelgan faxriy mehmonlar maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Ular yaponiyalik ijodkor Takeshi Kitano va
Kshishtof Zanussi.
Ijodkorlar "Jahon kinematografiyasiga qo`shgan hissasi uchun" nominasiyasida sovrindor bo`ldi.
Реклама на Unews
Shuningdek kinofestival doirasida o`tkazilgan "Kino 5kunda" xalqaro tanlovi g`oliblari kinofestivalning yopilish marosimida e`lon qilindi
Unga kura:
1-o`rin: Temur Murodov boshchiligidagi ijodiy guruh "Kaseta" qisqa metrajli filmi uchun 15 ming AQSh dollari pul mukofoti (O`zbekiston)
2-o`rin: Nariman Taktakulova va uning ijodiy jamoasi "Tuproq" qisqa metrajli filmi uchun 10 ming AQSh dollari pul mukofoti (Qirg`iziston)
3-o`rin: Feliks Kalmenson va uning ijodiy jamoasi "Quyosh uchun qo`shiq" filmi uchun 7 ming AQSh dollari pul mukofoti (Kanada).
Ma`lumot uchun: tanlov dasturida 1500 nafardan ortiq yosh kinoijodkorlar, dunyoning 19 etakchi kino maktabi vakillari ishtirok etdi.
Shundan so`ng Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalini rasman yopiq deb e`lon qildi.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.