XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimi bo`lib o`tdi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimida xam an`analarga muvofiq mashhurlar qizil yo`lakdan o`tdilar.

 

So`ng xorijdan kelgan faxriy mehmonlar maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Ular yaponiyalik ijodkor Takeshi Kitano va
Kshishtof Zanussi. 

 

Ijodkorlar "Jahon kinematografiyasiga qo`shgan hissasi uchun" nominasiyasida sovrindor bo`ldi.

Реклама на Unews

Shuningdek kinofestival doirasida o`tkazilgan "Kino 5kunda" xalqaro tanlovi g`oliblari kinofestivalning yopilish marosimida e`lon qilindi

Unga kura: 
1-o`rin: Temur Murodov boshchiligidagi ijodiy guruh "Kaseta" qisqa metrajli filmi uchun 15 ming AQSh dollari pul mukofoti (O`zbekiston)

2-o`rin: Nariman Taktakulova va uning ijodiy jamoasi "Tuproq" qisqa metrajli filmi uchun 10 ming AQSh dollari pul mukofoti (Qirg`iziston)

3-o`rin: Feliks Kalmenson va uning ijodiy jamoasi "Quyosh uchun qo`shiq" filmi uchun  7 ming AQSh dollari pul mukofoti (Kanada).

Ma`lumot uchun: tanlov dasturida 1500 nafardan ortiq yosh kinoijodkorlar,  dunyoning 19  etakchi kino maktabi vakillari ishtirok etdi.

Shundan so`ng Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalini rasman yopiq deb e`lon qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring