Volgograd oblastidan 900dan ko`proq hamyurtimiz vatanga jo`natildi
2686 09-10-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Rossiyaning Volgograd oblastida joylashgan Voljskiy shahridan 900dan ko`proq O`zbekiston fuqarolari poezdda vatanga jo`natildi. Bu haqda Volgabo`yi temir yo`l axborot xizmati manbasiga tayanib Kun.uz ma`lum qildi.
Volgabo`yi temir yo`li vakilining ma`lum qilishicha, 8 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 21:57da (Toshkent vaqti bilan soat 22:57da) Voljskiy – Toshkent poezdi bilan 938 o`zbekistonlik vatanga qaytarilgan.
Uning ta`kidlashicha, bu poezd O`zbekiston fuqarolarini ushbu hududdan olib chiqishga mo`ljallangan 5-maxsus poezddir. Voljskiydan hammasi bo`lib O`zbekistonga 4,5 ming kishi jo`nagan. Shuningdek, “RJD” qolgan o`zbekistonliklarni vatanga jo`natish bo`yicha qo`shimcha poezdlar belgilash masalasini ko`rib chiqmoqda.
Реклама на Unews
“Hozirda Voljskiydagi musulmon madaniy-oqartuv markazida O`zbekistonning 450 fuqarosi qolmoqda. Ular egulik, yotoq bilan ta`minlangan. Hukumat, xayriya tashkilotlari hamda shunchaki befarq bo`lmagan odamlar yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda yordam bermoqda”, deb ma`lum qilgan Volgograd oblasti musulmonlar markaziy diniy boshqarmasi muftiysi Abdulla Hoji.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.