Volgograd oblastidan 900dan ko`proq hamyurtimiz vatanga jo`natildi

Rossiyaning Volgograd oblastida joylashgan Voljskiy shahridan 900dan ko`proq O`zbekiston fuqarolari poezdda vatanga jo`natildi. Bu haqda Volgabo`yi temir yo`l axborot xizmati manbasiga tayanib Kun.uz ma`lum qildi.

Volgabo`yi temir yo`li vakilining ma`lum qilishicha, 8 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 21:57da (Toshkent vaqti bilan soat 22:57da) Voljskiy – Toshkent poezdi bilan 938 o`zbekistonlik vatanga qaytarilgan. 

Uning ta`kidlashicha, bu poezd O`zbekiston fuqarolarini ushbu hududdan olib chiqishga mo`ljallangan 5-maxsus poezddir. Voljskiydan hammasi bo`lib O`zbekistonga 4,5 ming kishi jo`nagan. Shuningdek, “RJD” qolgan o`zbekistonliklarni vatanga jo`natish bo`yicha qo`shimcha poezdlar belgilash masalasini ko`rib chiqmoqda.

Реклама на Unews

“Hozirda Voljskiydagi musulmon madaniy-oqartuv markazida O`zbekistonning 450 fuqarosi qolmoqda. Ular egulik, yotoq bilan ta`minlangan. Hukumat, xayriya tashkilotlari hamda shunchaki befarq bo`lmagan odamlar yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda yordam bermoqda”, deb ma`lum qilgan Volgograd oblasti musulmonlar markaziy diniy boshqarmasi muftiysi Abdulla Hoji.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring