“Uzbekistan Airways”ning ayrim reyslari bekor qilindi, ayrimlari kechiktirildi
745 11-01-2023 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
11 yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli "Uzbekistan Airways"ning ayrim reyslari bekor qilindi, ayrimlari kechiktirildi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Jumladan, Toshkent-Farg`ona-Toshkent, Farg`ona-Istanbul-Farg`ona, Toshkent-Termiz, Termiz-Moskva, Toshkent-Sankt-Peterburg-Toshkent, Toshkent-Samarqand va Namangan-Ufa-Namangan kechikib amalga oshiriladi.
Shuningdek, Namangan-Buxoro-Namangan va Namangan-Samarqand-Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilindi.
Реклама на Unews
Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilar bekor bo`lgan aviaqatnovlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston xalqaro aeroportlaridagi cheklovlar, reyslarning bekor qilinishi va kechikishi haqidagi so`nggi ma`lumotlarni quyidagi havolalar orqali olish mumkin:
- @UzairportsBot Telegram botida;
- +998 (55) 501−47−50 Yagona aloqa markazida;
- Tegishli aviakompaniyalarning vakolatxonalarida;
- Uzbekistan Airports`ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.