“Uzbekistan Airways”ning ayrim reyslari bekor qilindi, ayrimlari kechiktirildi

11 yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli "Uzbekistan Airways"ning ayrim reyslari bekor qilindi, ayrimlari kechiktirildi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Jumladan, Toshkent-Farg`ona-Toshkent, Farg`ona-Istanbul-Farg`ona, Toshkent-Termiz, Termiz-Moskva, Toshkent-Sankt-Peterburg-Toshkent, Toshkent-Samarqand va Namangan-Ufa-Namangan kechikib amalga oshiriladi.

Shuningdek, Namangan-Buxoro-Namangan va Namangan-Samarqand-Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilindi. 

Реклама на Unews

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilar bekor bo`lgan aviaqatnovlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston xalqaro aeroportlaridagi cheklovlar, reyslarning bekor qilinishi va kechikishi haqidagi so`nggi ma`lumotlarni quyidagi havolalar orqali olish mumkin:

  • @UzairportsBot Telegram botida;
  • +998 (55) 501−47−50 Yagona aloqa markazida;
  • Tegishli aviakompaniyalarning vakolatxonalarida;
  • Uzbekistan Airports`ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring