To`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga yana bir imkon berildi
3975 13-08-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Ma`lumki, 2020 yil 20 iyul kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlandi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.
Ro`yxatga olish yakunlangandan so`ng, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni to`liq amalga oshirmagan abiturientlar tomonidan ko`plab murojaatlar kelib tushdi.
Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:
2020-2021-o`quv yili qabulida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga 2020 yil 16 avgustga qadar to`lovni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda.
Реклама на Unews
Ya`ni, test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abiturientlar 2020 yil 16 avgustga qadar to`lovni amalga oshirishlari mumkin.
Ma`lumot uchun, ro`yxatga olish yakunlari bo`yicha jami 1 484 085 nafar abiturient ro`yxatdan o`tgan. Bunda to`lovni amalga oshirmagan abiturientlar ham hisobga olingan.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.