To`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga yana bir imkon berildi

Ma`lumki, 2020 yil 20 iyul kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlandi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Ro`yxatga olish yakunlangandan so`ng, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni to`liq amalga oshirmagan abiturientlar tomonidan ko`plab murojaatlar kelib tushdi.

Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

2020-2021-o`quv yili qabulida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga 2020 yil 16 avgustga qadar to`lovni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Реклама на Unews

Ya`ni, test sinovlarida ishtirok etish uchun to`lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abiturientlar 2020 yil 16 avgustga qadar to`lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ma`lumot uchun, ro`yxatga olish yakunlari bo`yicha jami 1 484 085 nafar abiturient ro`yxatdan o`tgan. Bunda to`lovni amalga oshirmagan abiturientlar ham hisobga olingan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring