Rossiyada muz parchasi ayolning "qotili"ga aylandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Novosibirskda qor yog‘ishi natijasida 68 yoshli ayol halok bo‘ldi – ayolning boshiga muz parchasi tushgan. Bu haqda Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi veb-saytida xabar berilgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Tergovchilarning aniqlashicha, 10 mart kuni rossiyalik ayol Uzornaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli turar-joy binosi yonidan o‘tayotganda, balkonga omonatgina o‘rnatib qo‘yilgan tarnovdan qor va muz ayolning ustiga tushgan. Jabrlanuvchi travmatik miya jarohati bilan kasalxonaga yetkazilgan, u tez orada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan ehtiyotsizlik tufayli o‘limga olib kelganlik uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hodisa holatlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari davom etmoqda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий