Rossiya Mudofaa vazirligi Belarusda harbiy mashg`ulotlar o`tkazilishini e`lon qildi
857 20-12-2022 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Belorussiyaga mintaqaviy qo`shinlar guruhini yaratish doirasida kelgan Rossiya harbiylari batalon taktik mashg`ulotlarini o`tkazadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma`lum qilmoqda.
Hozircha manevrlar aynan qachon boshlanishi va qancha davom etishi haqida vazirlik aniqlik kiritmadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, mashqlardan so`ng qo`mondonlik bo`linmalarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini baholaydi.
Реклама на Unews
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Belarusdagi rus harbiylari intensiv jangovar tayyorgarlik kursini davom ettirmoqda. Mashg`ulotlar kechayu kunduz o`tkazilmoqda.
Eslatib o`tamiz, oktyabr oyida Belarus Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmasi boshlig`i Valeriy Revenko mintaqaviy harbiy amaliyotlar doirasida Rossiyadan 170 ga yaqin tank, 200 ta jangovar mashina, 100 tagacha qurol va minomyotlar kelishini ma`lum qilgan edi.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.