Rossiya Mudofaa vazirligi Belarusda harbiy mashg`ulotlar o`tkazilishini e`lon qildi

Belorussiyaga mintaqaviy qo`shinlar guruhini yaratish doirasida kelgan Rossiya harbiylari batalon taktik mashg`ulotlarini o`tkazadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma`lum qilmoqda.

Hozircha manevrlar aynan qachon boshlanishi va qancha davom etishi haqida vazirlik aniqlik kiritmadi.

Ma`lumotlarga ko`ra, mashqlardan so`ng qo`mondonlik bo`linmalarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini baholaydi.

Реклама на Unews

 

Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Belarusdagi rus harbiylari intensiv jangovar tayyorgarlik kursini davom ettirmoqda. Mashg`ulotlar kechayu kunduz o`tkazilmoqda.

Eslatib o`tamiz, oktyabr oyida Belarus Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmasi boshlig`i Valeriy Revenko mintaqaviy harbiy amaliyotlar doirasida Rossiyadan 170 ga yaqin tank, 200 ta jangovar mashina, 100 tagacha qurol va minomyotlar kelishini ma`lum qilgan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring