O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini yubordi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Joriy yil 15 noyabr kuni O‘zbekiston hukumati maxsus samolyotida Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

O‘zbekiston tomoni 15 noyabr kuni Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami sifatida tibbiy anjom, dori-darmon yubordi. Kelgusida o‘zbek tomoni karantin konteynerlari, shuningdek, 3000 tonna bug‘doy yuboradi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning insonparvarlik yordami maxsus samolyotda yuborilgan.

Реклама на Unews

«Unda 100 ming juft bir martalik tibbiy qo‘lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko‘zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti Remdesivir va ming qutidagi Geparin, 4 ming dona natriy xlor, shuningdek shpris va sistemalar mavjud. Bundan tashqari, ikkita modulli, texnologik shifoxonalar qurilishi boshlandi. Tez kunlarda temir yo‘l aloqasi orqali navbatdagi insonparvarlik yordami yuborilishi kutilmoqda. Unda karantin uchun 400ta maxsus konteyner va 3 ming tonna bug‘doy keltiriladi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini yubordi
Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgandi. O‘zaro muloqotda davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarni muhokama etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий