BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini yubordi

Joriy yil 15 noyabr kuni O‘zbekiston hukumati maxsus samolyotida Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

O‘zbekiston tomoni 15 noyabr kuni Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami sifatida tibbiy anjom, dori-darmon yubordi. Kelgusida o‘zbek tomoni karantin konteynerlari, shuningdek, 3000 tonna bug‘doy yuboradi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning insonparvarlik yordami maxsus samolyotda yuborilgan.

«Unda 100 ming juft bir martalik tibbiy qo‘lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko‘zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti Remdesivir va ming qutidagi Geparin, 4 ming dona natriy xlor, shuningdek shpris va sistemalar mavjud. Bundan tashqari, ikkita modulli, texnologik shifoxonalar qurilishi boshlandi. Tez kunlarda temir yo‘l aloqasi orqali navbatdagi insonparvarlik yordami yuborilishi kutilmoqda. Unda karantin uchun 400ta maxsus konteyner va 3 ming tonna bug‘doy keltiriladi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini yubordi
Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgandi. O‘zaro muloqotda davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarni muhokama etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

“Meni ota-onam yoniga ko‘ming” – Toshkentda o‘zini isitish quvuriga osib qo‘ygan yigit o‘limidan oldin xat qoldirgani ma’lum bo‘ldi Joriy yil 13 noyab kuni soat 7:30 larda 25 yoshli yigit Yashnobod tumanida 212 maktabning temir panjarasining tashqi qismidagi isitish quvuriga osilgan holda topilgan. Bu haqda bosh prokuratura ma’lumotiga tayanib Repost nashri xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.13 noyabrdagi sud tibbiy ekspertezasining dastlabki xulosasiga ko‘ra I.A.Reshatnyakda arqon bilan bo‘g‘ilish oqibatida mexanik asfiksiya kuzatilgani ma’lum qilingan.Marhumning yonidan uning o‘limida hech kim aybdor emasligi yozilgan xat topilgan.“Men barchadan uzr so‘rayman. Qadrdonlarim, men bunday yashashdan charchadim. Men o‘zimni va atrofimdagilarni qiynab yubordim. Bu dunyoda menga o‘rin yo‘q. Kolyan, menga mebel bo‘yicha ishlashni o‘rgatganing uchun rahmat. Sanya, ukam, qadrdonim, seni juda yaxshi ko‘raman, meni gunohlarim uchun kechir. Senga barcha yaxshiliklarni tilayman. Hech qachon taslim bo‘lma, senda hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Denchik, kechir meni. Men doim senga yordam bergim kelgan, sen men uchun yaxshi do‘st bo‘lib qolasan. Buvijon, meni kechiring. Men yaxshi nevara bo‘lishga harakat qildim. Meni ota-onam yoniga ko‘ming. Ko‘rishguncha do‘stim, ko‘rishguncha”, – deya xat qoldirgan Reshetnyak.     Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Fikr qoldiring