Koronavirus “Vatani” Uxanda emlash ishlari boshlandi
2964 29-12-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Koronavirus "o‘chog‘i" bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 ga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligiga asoslanib xabar berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Shahar Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi rahbarining o‘rinbosari Xe Chjenyuy emlash dasturi 24 dekabr kuni boshlanganini ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan aholining ayrim guruhlari koronavirusga qarshi emlanishi mumkin.
Реклама на Unews
Shuningdek, Chjenyuy emlashni amalga oshirish uchun shaharning 15 ta tumanidagi 48 ta klinikada emlash punktlari joylashganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Uxanda COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabrida boshlangan edi. Bir necha oy davomida bu kasallik dunyoning deyarli barcha mamlakatiga tarqalib ulgurdi. Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan. Ammo afsuski, bu masalada mutaxassislar yakuniy xulosaga kela olmagan.
Hozirgi kungacha butun Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 87 ming 3 nafarni tashkil etmoqda. 82 ming 21 nafar odam sog‘aygan, 4 ming 634 nafar bemor vafot etgan.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.