Koronavirus “Vatani” Uxanda emlash ishlari boshlandi

Koronavirus "o‘chog‘i" bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 ga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligiga asoslanib xabar berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Shahar Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi rahbarining o‘rinbosari Xe Chjenyuy emlash dasturi 24 dekabr kuni boshlanganini ma’lum qilgan. 

Unga ko‘ra, 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan aholining ayrim guruhlari koronavirusga qarshi emlanishi mumkin. 

Реклама на Unews

Shuningdek, Chjenyuy emlashni amalga oshirish uchun shaharning 15 ta tumanidagi 48 ta klinikada emlash punktlari joylashganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Uxanda COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabrida boshlangan edi. Bir necha oy davomida bu kasallik dunyoning deyarli barcha mamlakatiga tarqalib ulgurdi. Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan. Ammo afsuski, bu masalada mutaxassislar yakuniy xulosaga kela olmagan.

Hozirgi kungacha butun Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 87 ming 3 nafarni tashkil etmoqda. 82 ming 21 nafar odam sog‘aygan, 4 ming 634 nafar bemor vafot etgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring