Karantinda maishat. Tarmoqlarda Uychi hokimining «biti to‘kilayotgani» aks etgan lavha tarqaldi
5179 14-08-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Uychi tumani hokimi deyilayotgan shaxs yaqinlari bilan maishat qilayotganiga oid lavha tarqaldi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.
Unda hokim ekani aytilgan shaxsning mastona harakatlari aks etgan. Aftidan, maishat xonadonda uyushtirilgan va unda o‘nga yaqin insonlar ishtirok etgani ko‘rinadi. E’tiborlisi, «mashvarat»ga mahalliy san’atkorlar ham taklif etilib, hokim buva ularga o‘z «san’ati»dan «master-klass» o‘tayotgani ham anglashiladi.
Aytilishicha, hokim va uning yaqinlari rosa yayragan voqelik 26-iyul, shanba — karantin qoidalari kuchaytirilgan kuni bo‘lib o‘tgan.
Реклама на Unews
Lavha bo‘yicha Namangan viloyat hokimiligi yoki boshqa vakolatli organlar hozircha bayonot bergani yo‘q.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.