Karantinda maishat. Tarmoqlarda Uychi hokimining «biti to‘kilayotgani» aks etgan lavha tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Uychi tumani hokimi deyilayotgan shaxs yaqinlari bilan maishat qilayotganiga oid lavha tarqaldideb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Unda hokim ekani aytilgan shaxsning mastona harakatlari aks etgan. Aftidan, maishat xonadonda uyushtirilgan va unda o‘nga yaqin insonlar ishtirok etgani ko‘rinadi. E’tiborlisi, «mashvarat»ga mahalliy san’atkorlar ham taklif etilib, hokim buva ularga o‘z «san’ati»dan «master-klass» o‘tayotgani ham anglashiladi.

Aytilishicha, hokim va uning yaqinlari rosa yayragan voqelik 26-iyul, shanba — karantin qoidalari kuchaytirilgan kuni bo‘lib o‘tgan.

Реклама на Unews

Lavha bo‘yicha Namangan viloyat hokimiligi yoki boshqa vakolatli organlar hozircha bayonot bergani yo‘q.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring