Karantin qoidalarini buzib nikoh to`yini qilgan "Bravo"dagi Ahmadga nisbatan chora ko`rildi (video)
5719 10-09-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda "Bravo" jamoasi a`zosi Ahmadning ko`pchilik qatnashgan to`yi videosi tarqaldi. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganildi. Keltirilishicha, mazkur video 9 sentyabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida olingan bo`lib, u erga 29 yoshli Ahmadjon T. kuyov sifatida o`rtoqlari bilan kelgan. Bundan tashqari, Ahmadjon T. to`yini Shayxontohur tumanidagi uyida tashkillashtirgan va to`yga 40 nafardan oshiq mehmonlar kelishgan.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 54 moddasi (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
"Hurmatli fuqarolar! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi yo`qolganidan darak bermaydi. Sizdan quyidagi sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz: jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish zarur, shuningdek ijtimoiy masofa saqlash muhimdir, to`y tadbirlarini 30 kishi ishtirokida o`tkazish lozim. O`zingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat bo`ling!" deyiladi IIBB xabarida.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.