Karantin qoidalarini buzib nikoh to`yini qilgan "Bravo"dagi Ahmadga nisbatan chora ko`rildi (video)

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda "Bravo" jamoasi a`zosi Ahmadning ko`pchilik qatnashgan to`yi videosi tarqaldi. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganildi. Keltirilishicha, mazkur video 9 sentyabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida olingan bo`lib, u erga 29 yoshli Ahmadjon T. kuyov sifatida o`rtoqlari bilan kelgan. Bundan tashqari, Ahmadjon T. to`yini Shayxontohur tumanidagi uyida tashkillashtirgan va to`yga 40 nafardan oshiq mehmonlar kelishgan.  

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 54 moddasi (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

"Hurmatli fuqarolar! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi yo`qolganidan darak bermaydi. Sizdan quyidagi sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz: jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish zarur, shuningdek ijtimoiy masofa saqlash muhimdir, to`y tadbirlarini 30 kishi ishtirokida o`tkazish lozim. O`zingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat bo`ling!" deyiladi IIBB xabarida.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring