JSST vakili koronavirusning kelajagini bashorat qildi
4242 27-01-2021 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Koronavirus infeksiyasi kelgusida muayyan hududlar uchun xos bo‘lgan endemik kasallikka aylanishi mumkin. Bu haqda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi. Brifing to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tvitter orqali namoyish qilindi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
«U yoki bu xastalik har doim endemik va tizimli tus olishi mumkin. Bunday holatlar ko‘p kuzatilgan”, — dedi Rayan. JSST ekspertining aytishicha, insoniyat tarixida faqat birgina kasallik – chechakni butunlay yo‘qotishga erishilgan, xolos. Qoqshol, qizamiq singari kasalliklar hamon uchrab turadi.
Rayanning fikricha, koronavirus haqida fikr-mulohazalar juda ko‘p. Aksariyat odamlar undan qutulish juda qiyin ekaini aytmoqda. Chunki, kasallik patogeni barcha mamlakatlarda mavjud, hammani birdek emlashning esa, imkoni yo‘q. Qo‘zg‘atuvchining o‘tishi bilan bog‘liq ana shunday vaziyat yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi.
Реклама на Unews
Bundan avvalroq, JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ham xuddi shunga o‘xshash fikrlarni bildirib, koronavirus infeksiyasi juda past xavf darajasiga ega bo‘lgan endemik kasallikka ayanishi mumkinligini bildirgandi.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.