JSST vakili koronavirusning kelajagini bashorat qildi

Koronavirus infeksiyasi kelgusida muayyan hududlar uchun xos bo‘lgan endemik kasallikka aylanishi mumkin. Bu haqda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi. Brifing to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tvitter orqali namoyish qilindi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«U yoki bu xastalik har doim endemik va tizimli tus olishi mumkin. Bunday holatlar ko‘p kuzatilgan”, — dedi Rayan. JSST ekspertining aytishicha, insoniyat tarixida faqat birgina kasallik – chechakni butunlay yo‘qotishga erishilgan, xolos. Qoqshol, qizamiq singari kasalliklar hamon uchrab turadi.

Rayanning fikricha, koronavirus haqida fikr-mulohazalar juda ko‘p. Aksariyat odamlar undan qutulish juda qiyin ekaini aytmoqda. Chunki, kasallik patogeni barcha mamlakatlarda mavjud, hammani birdek emlashning esa, imkoni yo‘q. Qo‘zg‘atuvchining o‘tishi bilan bog‘liq ana shunday vaziyat yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi.

Реклама на Unews

«Joriy yilning o‘zida biz o‘lim darajasini sezilarli kamaytirib, me’yoriy hayotga qaytishimiz mumkin. Biroq agar ommaviy vaksinasiya amalga oshirilmasa, virusning ko‘chib yurishi hali uzoq vaqt davom etadi, — dedi u. JSST dasturi rahbari iqtisodiyotning barqarorligi va insonlar salomatligini saqlash uchun virusning tarqalish potensialini kamaytirish lozimligini ham eslatib o‘tdi.

Bundan avvalroq, JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ham xuddi shunga o‘xshash fikrlarni bildirib, koronavirus infeksiyasi juda past xavf darajasiga ega bo‘lgan endemik kasallikka ayanishi mumkinligini bildirgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring