Jizzaxda haydovchi yonayotgan mashinadan chiqib ketishga ulgurdi
3395 17-11-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Hodisa bugun, 16-noyabr kuni soat 10:45 da Jizzax shahrida sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.
Qayd etilishicha, «Sharof Rashidov» ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan yuk mashinasida to‘satdan yong‘in kelib chiqqan. Aniqlanishicha, yong‘in dvigatel bo‘linmasidan boshlangan. Yuk mashinasi haydovchisi yonayotgan mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
2 daqiqadan so‘ng voqea joyiga FVVning viloyat boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelib, 10 daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etishgan. Ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.