Jizzaxda haydovchi yonayotgan mashinadan chiqib ketishga ulgurdi

Hodisa bugun, 16-noyabr kuni soat 10:45 da Jizzax shahrida sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Qayd etilishicha, «Sharof Rashidov» ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan yuk mashinasida to‘satdan yong‘in kelib chiqqan. Aniqlanishicha, yong‘in dvigatel bo‘linmasidan boshlangan. Yuk mashinasi haydovchisi yonayotgan mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

2 daqiqadan so‘ng voqea joyiga FVVning viloyat boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelib, 10 daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etishgan. Ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring