Jazirama! AQShning “O‘lim vodiysi”da rekord natija qayd etildi
3978 17-08-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Er yuzidagi eng issiq maskanlardan birida so‘nggi yuz yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
“O‘lim vodiysi”da (Kaliforniya, AQSh) termometr ustunlari +54,4 darajaga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “The Guardian”.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu 1913 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘shanda “O‘lim vodiysi”dagi harorat 56,7 darajaga chiqqandi. Bu butun kuzatuv davri uchun mutloq rekorddir.
Реклама на Unews
Iqlimshunoslarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda “O‘lim vodiysi”dagi issiq ob-havo saqlanib qoladi.
Ta’kidlanishicha, issiqlik to‘lqini AQShning g‘arbiy qismida bir nechta shtatlar bo‘ylab tarqalib, yong‘inlarning tarqalishi xavfini oshirmoqda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.