Jazirama! AQShning “O‘lim vodiysi”da rekord natija qayd etildi

Er yuzidagi eng issiq maskanlardan birida so‘nggi yuz yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etildi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

“O‘lim vodiysi”da (Kaliforniya, AQSh) termometr ustunlari +54,4 darajaga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “The Guardian”.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu 1913 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘shanda “O‘lim vodiysi”dagi harorat 56,7 darajaga chiqqandi. Bu butun kuzatuv davri uchun mutloq rekorddir.

Реклама на Unews

Iqlimshunoslarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda “O‘lim vodiysi”dagi issiq ob-havo saqlanib qoladi.

Ta’kidlanishicha, issiqlik to‘lqini AQShning g‘arbiy qismida bir nechta shtatlar bo‘ylab tarqalib, yong‘inlarning tarqalishi xavfini oshirmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring