Evropa davlatlari Rossiyani DNR va LNRni tan olmaslikka chaqirdi
1914 18-02-2022 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Estoniya, Albaniya va Norvegiya BMTda Rossiyani Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaslikka chaqirib, bunday qadam Minsk kelishuviga zid ekanini qayd etdi.
"Hech shubha yo`qki, bunday qadam Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadi va Minsk kelishuviga mutlaqo mos kelmaydi", deydi Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Nikolya de River.
Seshanba kuni Rossiya Davlat dumasi prezident Vladimir Putinga Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish iltimosi bilan murojaat qilgan edi. Putin ushbu murojaatga izoh berar ekan, Donbass muammolarini hal qilish bo`yicha barcha choralar ko`rilishi kerakligini bildirgan. U, shuningdek, qaror qabul qilishda rossiyaliklarning fikri inobatga olinishini ta`kidlagan.
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.