Evropa davlatlari Rossiyani DNR va LNRni tan olmaslikka chaqirdi

Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Estoniya, Albaniya va Norvegiya BMTda Rossiyani Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaslikka chaqirib, bunday qadam Minsk kelishuviga zid ekanini qayd etdi.

"Hech shubha yo`qki, bunday qadam Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadi va Minsk kelishuviga mutlaqo mos kelmaydi", deydi Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Nikolya de River.

Seshanba kuni Rossiya Davlat dumasi prezident Vladimir Putinga Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish iltimosi bilan murojaat qilgan edi. Putin ushbu murojaatga izoh berar ekan, Donbass muammolarini hal qilish bo`yicha barcha choralar ko`rilishi kerakligini bildirgan. U, shuningdek, qaror qabul qilishda rossiyaliklarning fikri inobatga olinishini ta`kidlagan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring