Dunyoda kasallikni yuqtirganlar soni 177 million nafardan oshdi
1967 17-06-2021 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni
- 176 million 303 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,
- shundan 3 million 820 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:31 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 307 223 yangi holati aniqlandi.
Реклама на Unews
- 8 212 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni
- 177 million 040 mingdan ortiq odam yuqtirgan,
- ulardan 3 million 832 mingdan ortig`i vafot etgan.
Реклама на Unews
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,151 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (29,633 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (17,452 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,638 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Turkiya (5,342 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 11 180, Hindistonda 62 224, Braziliyada 39 846, Fransiyada 1 867, Turkiyada esa 5 955 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 444 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.