Dunyoda kasallikni yuqtirganlar soni 177 million nafardan oshdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  

  • 176 million 303 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  
  • shundan 3 million 820 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:31 holatiga ko`ra).  

 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 307 223 yangi holati aniqlandi.

Реклама на Unews

  • 8 212 nafar bemor vafot etdi.

 

Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  

  • 177 million 040 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  
  • ulardan 3 million 832 mingdan ortig`i vafot etgan.

 

Реклама на Unews

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,151 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  • Ikkinchi o`rinda Hindiston (29,633 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (17,452 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,638 milliondan ortiq),  
  • beshinchi o`rinda esa Turkiya (5,342 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 11 180, Hindistonda 62 224, Braziliyada 39 846, Fransiyada 1 867, Turkiyada esa 5 955 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 444 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring