Chirchiqda "svet" o`chishidan bezor bo`lgan ayol elektr ta`minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qildi(video) Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
754 17-01-2023 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda elektroset xodimiga nisbatan pichoq bilan tahdid qilinganligi qayd etilgan video tarqaldi.
Chirchiq shahar elektr ta`minoti korxonasi xodimi Ihtiyor Xolmetovga nisbatan mahalliy aholi tomonidan elektr energiyasi yo`qligidan e`tiroz bildirilib, tazyiq o`tkazilgan. Xususan, N. V. ismli ayol o`zi bilan olib kelgan xo`jalik pichog`i yordamida I. Xolmetovning bo`yin sohasiga o`qtalib, uning hayotiga tahdid qilgan.
ta`kidlanishicha, Chirchiq ShETK dispetcherlik xizmatiga biriktirilgan Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan noxush hodisaning oldi olinib, hozirda ushbu holat yuzasidan birlamchi surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Реклама на Unews
Elektromontyor I.Xolmetovga birinchi tibbiy psixologik yordam ko`rsatilib, tan jarohati etkazilmagani aniqlangan.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.