Chirchiqda "svet" o`chishidan bezor bo`lgan ayol elektr ta`minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qildi(video) Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda elektroset xodimiga nisbatan pichoq bilan tahdid qilinganligi qayd etilgan video tarqaldi.  

Mazkur holat bo`yicha ma`lumot bergan "Hududiy elektr tarmoqlari"ga ko`ra, hodisa joriy yilning 16 yanvar kuni soat taxminan 21.30 atrofida, "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filialining Chirchiq elektr ta`minotiga qarashli dispetcherlik xizmati xonasida sodir etilgan. 

Chirchiq shahar elektr ta`minoti korxonasi xodimi Ihtiyor Xolmetovga nisbatan mahalliy aholi tomonidan elektr energiyasi yo`qligidan e`tiroz bildirilib, tazyiq o`tkazilgan. Xususan, N. V. ismli ayol o`zi bilan olib kelgan xo`jalik pichog`i yordamida I. Xolmetovning bo`yin sohasiga o`qtalib, uning hayotiga tahdid qilgan.

ta`kidlanishicha, Chirchiq ShETK dispetcherlik xizmatiga biriktirilgan Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan noxush hodisaning oldi olinib, hozirda ushbu holat yuzasidan birlamchi surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Elektromontyor I.Xolmetovga birinchi tibbiy psixologik yordam ko`rsatilib, tan jarohati etkazilmagani aniqlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring