Bugundan Malayziyada barcha maktablar yopildi
2920 09-11-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Malayziyada koronavirus tarqalishi sababli, bugun, 9 noyabrdan boshlab barcha maktablar yopildi. Bu haqda qirollik Ta’lim vaziri Mohda Radzi Jidinga asoslanib xabar berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
"Qaror koronavirusning jamiyatda tarqalish zanjirini uzish maqsadida qabul qilindi", deyilgan vazir bayonotida.
Unga ko‘ra, mamlakatda yangi o‘quv yili yanvar oyining oxirida boshlanadi.
Реклама на Unews
Ta’kidlanishicha, bugundan mamlakatdagi maktablardan tashqari ba’zi korxonalar ham yopildi.
Shuningdek, Malayziyada shaharlararo transport harakati to‘xtatiladi, kafe va restoranlar esa qisqartirilgan rejimda ish boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Malayziyada pandemiya boshidan beri 40 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan. 286 kishi vafot etgan. Mamlakatda kasallanishning keskin o‘sishi sentyabr oyining boshidan beri davom etmoqda.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.