Bugundan Malayziyada barcha maktablar yopildi

Malayziyada koronavirus tarqalishi sababli, bugun, 9 noyabrdan boshlab barcha maktablar yopildi. Bu haqda qirollik Ta’lim vaziri Mohda Radzi Jidinga asoslanib xabar berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

"Qaror koronavirusning jamiyatda tarqalish zanjirini uzish maqsadida qabul qilindi", deyilgan vazir bayonotida.

Unga ko‘ra, mamlakatda yangi o‘quv yili yanvar oyining oxirida boshlanadi.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, bugundan mamlakatdagi maktablardan tashqari ba’zi korxonalar ham yopildi. 

Shuningdek, Malayziyada shaharlararo transport harakati to‘xtatiladi, kafe va restoranlar esa qisqartirilgan rejimda ish boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Malayziyada pandemiya boshidan beri 40 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan. 286 kishi vafot etgan. Mamlakatda kasallanishning keskin o‘sishi sentyabr oyining boshidan beri davom etmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring