“Britancha” shtammni aniqlovchi ilk test-tizim ishlab chiqildi
2575 15-02-2021 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Rospotrebnadzorning epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti koronavirusning “britancha” shtammi - N501Y mutasiyasini aniqlovchi test-tizimini ishlab chiqib, uni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Ta’kidlanishicha, yangi test-tizim aynan ushbu shtammni tezkorlik bilan aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu esa virus yuklamasi yuqori bo‘lgan namunalarda mutasiyalarni aniqlashda soxta musbat natijalardan qochish imkonini beradi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
Yangi texnologiyani koronavirusning boshqa har qanday mutasiyasini hamda tezkor ommaviy test o‘tkazish talab etiladigan boshqa yuqumli qo‘zg‘atuvchilarni (pandemik infeksiyalar) aniqlash uchun reagentlarni ishlab chiqishda qo‘llash mumkin.
Britaniyada koronavirusning yangi shtammi havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Shu sababli, unga qarshi o‘z samaradorligini isbotlagan avval qo‘llangan choralar saqlanib qoladi: kasallanganlarni alohidalash, ijtimoiy masofaga amal qilish, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash va emlash.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda “britancha” shtamm dunyoning 41ta davlatida aniqlangan.
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.