“Britancha” shtammni aniqlovchi ilk test-tizim ishlab chiqildi

 Rospotrebnadzorning epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti koronavirusning “britancha” shtammi - N501Y mutasiyasini  aniqlovchi test-tizimini ishlab chiqib, uni ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Ta’kidlanishicha, yangi test-tizim aynan ushbu shtammni tezkorlik bilan aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu esa virus yuklamasi yuqori bo‘lgan namunalarda mutasiyalarni aniqlashda soxta musbat natijalardan qochish imkonini beradi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yangi texnologiyani koronavirusning boshqa har qanday mutasiyasini hamda tezkor ommaviy test o‘tkazish talab etiladigan boshqa yuqumli qo‘zg‘atuvchilarni (pandemik infeksiyalar) aniqlash uchun reagentlarni ishlab chiqishda qo‘llash mumkin.

Britaniyada koronavirusning yangi shtammi  havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Shu sababli, unga qarshi o‘z samaradorligini isbotlagan avval qo‘llangan choralar saqlanib qoladi: kasallanganlarni alohidalash, ijtimoiy masofaga amal qilish, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash va emlash.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda “britancha” shtamm dunyoning 41ta davlatida aniqlangan. 

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring