Ana xolos! Mushuklar bir-biriga koronavirus yuqtirishi mumkin

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Koronavirusga chalingan mushuklar, hatto COVID-19 alomatlari kuzatilmayotgan bo‘lsa ham sog‘lom hayvonlarga virus yuqtirishi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda AQShning Viskonsin universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga tayanib Associated Press xabar bermoqda, deb "Aniq.uz" nashri yozmoqda.

Tadqiqot davomida olimlar uchta mushukni odamlardan olingan koronavirus bilan kasallantirgan. Keyin ularning har biri sog‘lom mushuk bilan bir joyga qo‘yilgan. Oradan besh kun o‘tgach, kasallangan mushuklarga biriktirilgan sog‘lom mushuklarda ham virus aniqlangan. Biroq ularning hech birida COVID-19 alomatlari kuzatilmagan.

Olimlarning fikricha, ushbu tadqiqot natijalari virusning mushuklardan odamga yuqishi ehtimolini yana o‘rganib chiqish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, Amerika veterenariya tibbiyot assosiasiyasi (AVMA) o‘z bayonotida hayvonlar laboratoriyada atayin kasallangan bo‘lsa ham, bu ularning tabiiy muhitda ham shu virus bilan osonlikcha kasallanishini anglatmasligini bildirgan.

Hayvonlarning koronavirus yuqtirib olgani haqida avval ham ma’lum qilingandi. Xususan, Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida yo‘lbars koronavirus yuqtirib olgandi. Bu — dunyoda yo‘lbarsning koronavirusga chalinishi bilan bog‘liq birinchi holat, AQShda esa hayvonning koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan birinchi holat edi. Hayvonot bog‘ida yo‘lbarsga mazkur infeksiya uni parvarishlayotgan xodimdan yuqqan bo‘lishi mumkin, deb hisoblanmoqda.

Keyinchalik Nyu-York shtatida uyda boqilayotgan ikki mushukda koronavirus ham qayd etilgan. Virus odamdan yuqqan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

Реклама на Unews

Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi

BMT: Koronavirus jahon iqtisodiyotining 4 yillik o‘sishini yo‘qqa chiqaradi

Qozog‘iston janubi suv ostida qoldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий