BMT: Koronavirus jahon iqtisodiyotining 4 yillik o‘sishini yo‘qqa chiqaradi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

 BMTning yangi tadqiqotiga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi global iqtisodiyotning to‘rt yillik o‘sishini yo‘qqa chiqarib, 8,5 trillion dollar yo‘qotadi, deb xabar bermoqda The Bell. Bu haqida "Daryo.uz" nashri xabar bermoqda.

BMT Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning 2020-yil aprel oyidagi jahon iqtisodiyoti 3 foizgacha qulashi haqidagi prognozidan so‘ng jahon YaIMning 3,2 foizga pasayishini prognoz qilmoqda,  XVJ may oyida prognozning qo‘shimcha ravishda pasayishini istisno qilmagandi.

Unga ko‘ra, 2020-yilda 34,3 million kishi qashshoqlik yoqasida qoladi, ularning 56 foizi Afrika davlatlaridadir.

Реклама на Unews

2030-yilga kelib esa yana 130 million kishi pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari tufayli qashshoqlikka duch kelishi mumkin. Bu barcha mamlakatlarning qashshoqlikni kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Pandemiya oqibatlari kam malakali va kam haq to‘lanuvchi ishlarga nomutanosib ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

BMTning fikricha, pandemiya raqamlashtirish va avtomatlashtirishni tezlashtiradi. Bu ish o‘rinlarining qisqarishi va ishsizlik darajasining ortishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida dunyoda ijtimoiy tengsizlikning kuchayishiga olib keladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, iqtisodiy tiklanish 2021-yilda 3,4 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.

Qozog‘iston janubi suv ostida qoldi

Sirdaryo viloyati hokimligi yomg‘irda qolgan xayriya buyumlari yuzasidan munosabat bildirdi (foto)

OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий