Sirdaryo viloyati hokimligi yomg‘irda qolgan xayriya buyumlari yuzasidan munosabat bildirdi (foto)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston. Sirdaryodagi oilalarga yordam sifatida aholi tomonidan uzatilgan buyumlarning ahvoli...” sarlavhasi bilan e’lon qilingan xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bu holat Guliston shahri N.Zokirov ko‘chasi 1-uyda joylashgan vaqtinchalik omborxonada kuzatilgan bo‘lib, bu ombor “Sardoba” suv omborida favqulodda holat yuz berganligi munosabati bilan ko‘ngillilar tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan kiyim-bosh va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarini qabul qilishga mo‘ljallangan.

Реклама на Unews

Mazkur omborga yuborilgan buyumlar, avval Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi hodimlari O‘zbekiston yoshlar ittifqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan jalb etilgan faol yoshlar (valantyorlar) tomonidan ochiq maydonda saralanadi, shundan so‘ng epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash yuqumli kasalliklar tarqashi ehtimolini kamaytirish maqsadida dezinfeksiya qilingan holda turlariga qarab omborning yopiq qismiga joylashtiriladi.

Joriy yilning 13-14 may kunlari Guliston shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va odamlar ta’bini biroz xira qilishga sabab bo‘lgan holat, aynan ko‘ngillilar tomonidan yuborilgan buyumlarni yuk mashinalaridan tushirilib, saralash jarayoni ketayotgan bir vaqtda kuchli yomg‘ir yog‘gan.

Реклама на Unews

"Tabiiyki, bu holatga u yerda faoliyat yuritayotgan volontyorlar omborning yomg‘irdan panaroq qismida yomg‘ir tinishini kutib turishgan. Huddi shu vaziyatda noma’lum shaxs tomonidan suratga olinib, uning ijtimoiy tarmoqda tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Endi ushbu mahsulotlarning tarqatilishida “propiska” asosida tarqatilishi masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, avval saralanib, buyumlar dezinfeksiya qilinganidan so‘ng favqulodda vaziyatda zarar ko‘rgan hamda vaqtincha evakuatsiya qilingan aholiga yetkazilmoqda", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video)

Mirzo Ulug‘bek tumanida karantin cheklovlariga amal qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi

Tezkor! Rossiya koronavirus epidemiyasini to‘xtatganligini ma’lum qildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий