Mirzo Ulug‘bek tumanida karantin cheklovlariga amal qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Mirzo Ulug‘bek tuman “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida koronavirus pandimiyasi bilan kasallangan hamda ular bilan muloqotda bo’lgan fuqarolar soni keskin oshib borayotganligi sababli mazkur mahalla hududida karantin qoidalariga amal qilish kuchaytirildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Mahalla hududidagi barcha kirish va chiqish yo’llari blok postlari tashkil etilgan holda to’liq yopilganini ma'lum qilamiz. Ushbu hududda tunu kun navbatchilik tashkil etilib, qat'iy nazoratga olindi.

Fuqarolarning karantin davrida uydan chiqmasligi , faqatgina zarur hollarda, ya'ni, bir oiladan bir kishiga tibbiy dori vositalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari haridi uchun tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena himoya vositalaridan foydalangan holda chiqishlariga ruhsat etiladi.

“Ulug‘bek” mahallasi hududida aholi talabidan kelib chiqqan holda arzonlashtirilgan asosiy turdagi oziq-ovqat maxsulotlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий