Qozog‘iston janubi suv ostida qoldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

 Qozog‘istonning Turkiston viloyatini suv bosdi. Mintaqada bir necha kundan beri kuchli yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Turkiston viloyatida 13 may kuni boshlangan kuchli yog‘tngarchilik oqibatida Kaskasu daryosining sathi ko’tarilgan, bu o’z navbatida uchta tumandagi bir nechta qishloqning suv ostida qolishiga olib kelgan. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Suv toshqinlari tufayli taxminan 150 kishi evakuatsiya qilindi, yana shuncha aholi qishloqni tark etdi.

Tabiiy ofatdan ko’rilgan zarar miqdori hozircha hisoblab chiqilmadi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko’ra, Yeltay va yana beshta boshqa aholi punktida 300 ga yaqin turar joy binosi suv ostida qoldi, Kaskasu qishloq okrugida to’rtta ko’prikni suv yuvib ketgan.

Turkiston viloyat hokimining o’rinbosari Saken Kalkamanovning ta'kidlashicha, hozircha odamlar uylariga qaytishlari uchun vaqt erta: yaqin orada yomg‘ir yog‘ishi qancha davom etishi aniq emas. Hozirda yog‘ingarchilik davom etmoqda.

Ayni damda suv ostida qolgan qishloqlarda suvlarni chiqarish va ariqlarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Suv toshqinlarini bartaraf etishga Chimkent favqulodda vaziyatlar xizmati ham jalb qilingan, shuningdek qo’shni tumanlar ham yordamga kelgan.

Hududda mahalliy darajada favqulodda vaziyat e’lon qilindi, sinoptiklar esa Turkiston viloyatining boshqa tumanlari aholisini yaqinlashib kelayotgan bo’ron xavfidan ogohlantirmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimligi yomg‘irda qolgan xayriya buyumlari yuzasidan munosabat bildirdi (foto)

OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video)

Реклама на Unews

Mirzo Ulug‘bek tumanida karantin cheklovlariga amal qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий