Samarqandda karantin hali yumshatilmasligi ma'lum qilindi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirgani uchun, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi. Bu haqda bugun, 6 may kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildideb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

Kecha, 5 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mamlakatimizdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi aytildi. Selektor davomida tumanlar va shaharlarni “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi ko‘zda tutilgandi.

“Ayni paytda Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi. Bu haqda viloyat komissiyasining ayni vaqtlarda o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ma’lum qilindi“ deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Shuningdek, viloyat hokimligi fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishi so‘ragan. Avvalroq, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov samarqandliklarga jiddiy murojaat bilan chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, Respublikada koronavirus bilan bog‘liq 2207 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 1501 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 10 nafari vafot etgan. Hozirda 696 nafar bemor davolanmoqda.

«Bajaramiz», «yest» qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Ko‘p odamlar bilan xayrlashishga majbur bo‘laman – Prezident

Реклама на Unews

O‘zbekistonda 14 kundan beri sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan yuqori bo‘lmoqda (statistika)

Pentagon AQShning koronavirus qayerda paydo bo‘lganini bilmasligini tan oldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий