«Bajaramiz», «yest» qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Ko‘p odamlar bilan xayrlashishga majbur bo‘laman – Prezident

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avval xabar qilganimizdek, kecha 5 may kuni o‘tkazilgan videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Sirdaryo voqealari korrupsiya, mas’uliyatsizlik va «ura-ura»chilik oqibatida yuzaga kelgani haqida gapirdi, deb yozmoqda  "Sof.uz" nashri.

«Yil og‘ir keldi. Koronavirus hammamizni qanday yashashga o‘rgatdi. So‘nggi haftalarda Buxoro va Sirdaryodagi sinovli voqealar esa bizga bitta narsani o‘rgatishi kerak: har bir qiladigan ishimizda ogoh bo‘lib, berilgan topshiriqlarni yetti marta o‘lchab, bir marta kesishimiz lozim. Hamma yerda sifat, sifat va yana bir marta sifat bo‘lsin!

Buxoroning Qorako‘l tumanida 2020 yilda qurib bitkazilgan bog‘chalarning yarmi qolgan. Bu nima degan gap?! Mana, bizning qurilish sohasidagi sifatimiz. 

Реклама на Unews

O‘zim bir emas, bir necha marta yuqoridan ko‘rdim. Qayerda sifat bo‘lgan bo‘lsa, natijasi ko‘rinib turibdi. Qayerda sifat bo‘lmagan bo‘lsa, korrupsiya, o‘g‘rilik, tenderlarni «ura-ura» qilgan tashkilotlar... bosh vazir o‘rinbosarlari, «bajaramiz», «yest» qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Bu ishning yakuni boshqacha bo‘ladi. Juda katta tahlil qilaman, majburman tahlil qilishga. Ko‘p odamlar bilan xayrlashishga majbur bo‘laman...

Endi bunday ishlash bo‘lmaydi. Alloh taolo bu safar ham aytyapti: «Ey, bandam, ko‘zingni och! Xalqqa halol mehnat qilish kerak, deyapti. Halol!», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

 

Реклама на Unews

O‘zbekistonda 14 kundan beri sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan yuqori bo‘lmoqda (statistika)

Pentagon AQShning koronavirus qayerda paydo bo‘lganini bilmasligini tan oldi

BAAda 48 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий