O‘zbekistonda 14 kundan beri sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan yuqori bo‘lmoqda (statistika)

O‘zbekistonda 14 kundan beri koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni kasallik qayd etilgan ko‘rsatkichga nisbatan yuqori. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi,  deb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

Statistikaga ko‘ra, 21 apreldan boshlab shifoxonaga davolanish uchun kirganlar soni, undan sog‘ayib chiqqanlar sonidan kam bo‘lmoqda. Xususan, oxirgi 3 kun davomida tegishli ravishda 48, 86, 96 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, ushbu kunlarda 31, 40, 18 nafar bemorda kasallik aniqlangan.

Sog‘ayish bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich 23, 27, 28, va 29 aprel kunlari qayd etilgan. Ushbu kunlarda tegishli ravishda, 111, 103, 100 va 104 nafar bemor sog‘ayib chiqqan.

Реклама на Unews

Foto: coronavirus.uz

Eslatib o‘tamiz, Respublikada koronavirus bilan bog‘liq 2207 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 1501 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 10 nafari vafot etgan. Hozirda 696 nafar bemor davolanmoqda.

Pentagon AQShning koronavirus qayerda paydo bo‘lganini bilmasligini tan oldi

Реклама на Unews

BAAda 48 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)

"Salimboy" nomi bilan mashhur Salim Abduvaliyev qayerda tug'ilganini ochiqladi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring