Xitoyda koronavirusning yangi o‘choqlari paydo bo‘ldi

Xitoyda kecha, 18-yanvar sanasida COVID-19 koronavirusini yuqtirish bo‘yicha 118 ta yangi holat qayd etildi, kasallanishlarning 106 tasi mamlakat ichkarisida kuzatilgan. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga asoslanib «Interfax» xabar berdi.

Kecha koronavirus oqibatida o‘lim holatlari qayd etilmagan.

O‘tgan yakshanba kuni mamlakatda 109 kishida koronavirus topilgandi.

Реклама на Unews

Xitoyning shimoli-sharqidagi Szilin viloyati dushanba kuni koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylandi — shu kuni 43 nafar, bir kun avval 30 nafar yangi kovid-bemor aniqlandi.

Bungacha og‘irroq vaziyat mamlakat sharqidagi Xebey viloyatida yuzaga kelgandi. Kecha bu yerda 35 ta kovid-holat ro‘yxatga olindi. Pekin shahri Xebey hududida joylashgani bois ushbu viloyat tumanlarida yashovchilarga poytaxtga kirish taqiqlab qo‘yilgan.

Koronavirus pandemiyasi davrida Xitoyda jami 88 454 ta holat qayd etilgan, vafot etganlar — 4 635, sog‘ayganlar — 82,4 ming nafardan ziyod.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring