Video: Turkiyada o‘zbekistonlik ayollar 17 nafar vatandoshini fohishalik qilishga majburlagani ma’lum bo‘ldi
3529 10-12-2020 0 DunyoTurkiyada o‘zbekistonlik ayollar vatandoshlarini fohishalik qilishga majburlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda turk OAVsida xabarlar tarqaldi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya huquq tartibot organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida ayollarni fohishalikka majburlagan guruh aniqlangan. Ularning yetakchilari 5 nafar o‘zbekistonlik ayollar ekani ma’lum bo‘lgan. Ular vatandoshlarini Istanbulga ish topib beraman deb aldab olib kelib, fohishalik qilishga majbur qilgan.
Tadbir davomida jinoiy guruhning 16 nafar a’zosi, 17 nafar o‘zbekistonlik aldangan ayollar va 9 nafar mijoz ushlangan. Gumonlanuvchilar sudga topshirilgan, 17 nafar ayol esa vataniga qaytarilishi ma’lum qilindi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Реклама на Unews
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.