Vengriyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Vengriya Parlamentining binosi ro‘parasidagi Layosh Koshut nomidagi maydonda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga piyoda va otliq askarlardan iborat faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya prezidenti Katalin Novak rasmiy delegasiyalar a’zolarini qutladilar. Marosim yakunida faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring